Fumariaceae
Kitob hakidaKirishO`simliklarHayvonlarAdabiyotlar

Pseudoclausia 
Liliaceae 
Liliaceae 
Melanthiaceae 
Orchidaceae 
Paeoniaceae 
Dipsacaceae 
Cyperaceae 
Caryophyllaceae 
Caprifoliaceae 
Fumariaceae 
Asteraceae 
Asteraceae 
Home>O`simliklar>Fumariaceae

 

Shotaradoshlar (Ko`knordoshlar) oilasi

Fumariaceae (Papaveraceae)

 

 

26.

Seversov burmaqorasi

Corydalis severzowii Regei

 

Kamyoblik darajasi 3. G`arbiy Tanshan va Pomir-Oloy tog`laridagi areali qisqarib borayotgan, endem o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 5-12 sm ga yetadigan ko`p yillik o`t Tuganagi sharsimon ikki tomoni sal siqilgan. Poyalari 1-3 ta. Barglari deyarli bandsiz, qarama-qarshi o`rnashgan, ikki uch karra bo`lingan, ko`kimtir, tuksiz. Gullari 2-5 tadan bilib qisqa shingil qosil qiladi. Tojbarglari to`q-sariq, gullab bo`lgach qo`ng`ir-qizg`ish tusga kiradi, uzunligi 3-5 sm. Pixi yupqa, to`g`ri yoki bir oz qiyshaygan, uzunligi 2 sm. Mevasi ko`sakchaday, o`tkir uchli, uzunligi 2 sm, kengligi 0,6 sm. Urug`ining eni 3-4 mm, yaltiroq, yumaloq shaklli. Fevral-mart oylarida gullab, aprelda mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Qorjantog`, Piskom, Ugom, Chotqol, Qurama tizmalarida, Turkiston tizmasining g`arbiy qismidagi Pistalitog`da, Nurota va Zarafshon tizmalarida tarqalgan (Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari).

O`sish sharoiti. Tog`larning etaklarida va pastki qismida soz tuproqli, mayda jinsli-shag`alli yonbag`irlarda o`sadi.

Soni. Tabiatda bu tur bir-biridan ajralgan to`plar shosil qilib o`sadi. Keyingi yillarda soni keskin qisqarib ketdi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Dorivor xom-ashyo sifatida va mahalliy aholi tomonidan erta bahorda manzarali o`simlik sifatida betartib yig`ib olinishi oqibatida kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi. O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida 1960 yildan beri ekib o`stiriladi.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan.

 

 

27.

Titov sho`ragi

Salsola titovii Botsch.

 

Kamyoblik darajasi 1. Pomir-Oloy va G`arbiy Tanshandagi relikt, endem o`simlik.

 

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 50 sm ga yetadigan yarim-buta. Bir yillik novdalari 20 sm ga yetadi, ingichka, qalin tuklar bilan qoplangan. Barglari ketma-ket joylashgan, qalami, uzunligi 0,3-1,5 sm, eni 0,5-1 mm, qalin kulrang tuklar bilan qoplangan. To`pguli boshoqsimon, siyrak gulli. Gullari ko`rimsiz, gulqo`rg`on bo`laklari va changchilari 5 tadan. Mevasi yetilgach gulqo`rg`on bo`laklarida qanotchalar paydo bo`ladi. Mevasi yotiq joylashgan. Iyun-oktabr oylarida gullab, urug`laydi.

Tarqalishi. G`arbiy Tanshan (Qurama tizmasi)da, Pomir-Oloy (Omonqo`ton) da tarqalgan (Toshkent, Samarqand viloyatlari).

O`sish sharoiti. Tog`larning o`rta va pastki qismida, tosh-shag`alli yonbag`irlarda o`sadi.

Soni. Yakka-yakka holda uchraydi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Chorva mollari boqishidan zarar ko`radi.

Madaniylashtirilishi. Ma'lumotlar yo`q.

Muhofaza choralari. O`simlik saqlanib qolgan yerlarni nazorat ostiga olish va botanika bog`larida ekib o`stirish lozim.

 

 

28.

Sarxush bozulbang

Lagoshilus inebrians Bunge

 

Kamyoblik darajasi 2. G`arbiy Pomir-Oloy va janubiy Qizilqumning qoldiq tog`laridagi kamayib borayotgan endem o`simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo`yi 30-60 sm oralig`idagi poyalari oddiy yoki sershox yarim buta. Barglari keng-tuxumsimon 3-5 bo`lakli. Tojbargi oqish. Gullari poyalarining yuqori qismida 4-6 tadan bilib o`rnashgan. Kosachasi cho`ziqqqo`ng`iroqsimon. Kosachasiniig nayi bezchali tuklar bilan qoplangan. Yong`oqchasi tuksiz, sarg`ish kulrang. Iyun-avgustda gullab, iyul-sentabr oylarida mevasi yetiladi.

Tarqalishi. Nurota va oqtog` tizmalari etaklarida, Zirabuloq Ziyovuddin tog`larida, Zarafshon hamda Turkiston tizmalarida, shuningdek Qizilqumdagi Quljuqtog`da tarqalgan (Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari).

O`sish sharoiti. Dengiz sathidan 1200 m gacha balandlikdagi soz hamda shag`alli soz tuproqlarda shuvoq va boshqa turlardan hosil bo`lgan o`simlik qavmlarida uchraydi.

Soni. Tabiatda onda-sonda va kichik to`plar hosil qilib tarqalgan. Eng zich to`plari Nurota va oqtog`larda uchraydi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi. Urug`i 5-7 yil mobaynida unib chiqish qobiliyatini yo`qotmaydi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Namgarchilikning yetishmasligi, chorva mollari tomonidan payhon qilinishi va ko`p yillar mobaynida katta miqdorlarda yig`ib olinishi soni va arealiga katta zarar yetkazgan.

Madaniylashtirilishi. 1957-1960 yillar mobaynida Samarqand viloyatida 2 ga yerda ekib o`stirilgan. 1960 yildan beri O`zbekiston Respublikasi FA Botanika bog`ida ekilib kelinadi.

Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Nurota qo`riqxonasida muhofaza qilinadi. Uni yig`ib olishni qat'iy cheklash, tabiiy holda tiklanishiga ko`maklashish, urug`larini yig`ib olishni tashkil qilish hamda madaniy sharoitda ekib o`stirishni kengaytirish zarur.

 

 

29.

Yonbargchali astragal

Astragalus stipulosus Boriss.

 

Kamyoblik darajasi 2. G`arbiy Pomir-Oloydagi kamyob, endem tur.

Qisqacha tavsifi. Siyrak va uzun shoxli, qalin yotiq tuklar bilan qoplangan, tikanlari 3-7 sm uzunlikdagi butacha. Yonbargchasi nashtarsimon, 2-2,5 sm uzunlikda, tuksiz, yupqa-pardasimon, yaltiroq, och-sariq rangli, uchiga qarab ingichkalasha boradi. Bargchalari 7-8 juft, qalami, uzunligi 12-16 mm, eni 2-3 mm, ko`kimtir yashil rangli, ustki tomoni tuksiz, pastki tomoni siyrak yotiq tukli, uchi ingichkalashib tikanga aylangan, bandi juda qisqa (0,5 mm). Gullari barg qo`ltiqda 8 tadan zich bo`lib joylashgan. Kosachasi 15 mm atrofida, hurpaygan oqtuklar bilan qoplangan, tojbargi qizg`ish. Tugunchasi cho`ziq, oq paxmoq tukli. Iyun-iyul oylarida gullab, iyul-sentabrda mevasi yetiladi. 

Tarqalishi. Nurota (Oqtosh), Zarafshon (Omonquton dovoni) va Hicop tizmalarida (Chiroqchi atrofida hamda Qashqadaryo vohasida) tarqalgan (Samarqand, Kashqadaryo viloyatlari).

O`sish sharoiti. Tog`larning quyi va o`rta qiyaliklarida, qoyalarning yoriqlarida, toshli yonbag`irlarda o`sadi.

Soni. Kamyob, yakka-yakkaholda uchraydi.

Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi.

O`simlik soni va arealining o`zgarish sabablari. Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma'lumotlar yo`q.

Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan.

© Web-design  Burnashev R.F., 2005